Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisa

Nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda mavjudlikka (haqiqatga) aylangan fikrdir. Nutq nutq aʼzolarining harakati jarayonida paydo bo‘ladi. Ruhiy hodisa bo‘lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o‘tgach, haqiqatga aylanadn. Demak, nutq nutq faoliyatinnng mahsulotndan, maʼlum shaklga kirishidan iborat.
Nutq ikki xil bo‘ladi: ichki va tashqi nutq. Nutq kishi ongida ham hosil bo‘lishi mumkin. Bunda u hali reallashmagan til unsurlaridan tashkil topadn. Bu ichki nutqdir. Kishilarning og‘iz ochmasdan fikrlashi, munozara yuritishi, o‘ylash ichki nutqqa misol bo‘ladi. Upkadan kelgan havoning nutq organlariga taʼsirt, shu taʼsir natijasida ularning harakati bilan aniq tovushlar sifatida yueaga keladigan nutq tashqi nutqdir.





