Folklor

FOLKLOR MUSIQA IJROCHILIGI

Xalqimizning misiqa boyliklari juda ko‘pqirrali, sermazmun va rang-barangdir. Ohangdor ajoyib kuylarimiz va folklor namunalari kishiga quvonch, xursandchilik bag‘ishlaydi, og‘ir damlami yengil qiladi. U insonni oliyjanob fazilatlari, his va tuyg‘ularini ifodalab beruvchi kuchga egadir.

Folklor-etnografik ansambli — havaskor ijodiy jamoa. Xalq ijodinint qoʻshiq, raqs, oʻyin, ogʻzaki drama kabi shakllarini mahalliy (milliy) urf-odat va marosimlarga bogʻlab sahnaviy talqinini namoyish qiladi. Oʻzbekistonda Ayollar (ananaviy) ansambli, masxarabozlik, baxshishoprlar, xalq sozandalari va boshqa ijodi negizida 1970-yillarda madaniyat uylari qoshida tashkil topgan (“Yor-yor”, R.Mazohidova, Qoʻqon; “Gulyor”, L.Nurimova, Boʻstonliq va boshqalar). F.-e.a.ning repertuari (Ashula va raqs ansamblitn farqli oʻlaroq) muayyan viloyat (tuman, qishloq) badiiy anʼanalariga asoslanadi, chiqishlari esa koʻpincha malum xalq marosimi yoki bayram jarayonini ifodalaydi (“Beshik”, “Sunnat”, “Mu-chal”, “Nikoh” tuylari, “Navroʻz” bay-rami, “Dehqon yili”, “Sharq bozori” kabi sahnalari va boshqalar).

Фольклорнинг таянчларидан бири – халқ тилидир.

O‘zbek musiqa folklori har qanday xalq ijodi kabi mehnatkashlarning fikri, orzu-umidlari, ularning turmushi va axloqi, sifatida gavdalanadi. O‘zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o‘rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog‘liqdir . O‘zbek qo‘shiq-ashulalari va cholg‘u musiqasi janrlari xalq turmushida tutgan o‘rniga muvofiq ikki gruxni tashkil etadi.

1. Maʼlum vaqt yoki maʼlum sharoitdagina ijro etiladigan qo‘shiqashulalar va cholg‘u kuylar. Bular oilaviy-marosim qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari, allalar va boshqalar hamda har xil tantana, tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan cholg‘u kuylardir.

2. Istalgan vaqtda va har qanday sharoitda, yaʼni hamma joyda ijro etiladigan qo‘shiq va cholg‘u kuylar. Ularga o‘zbek xalqining anʼanaviy musiqali folklor janrlari – terma (yoki cho‘blama), qo‘shiq (tor maʼnoda), lapar, yalla va ashula, shuningdek, xuddi ularga o‘xshash tipdagi cholg‘u pyesalar kiradi. Har bir grux o‘ziga xos xarakterli belgilarga ega.

Masalan, ijro etilishi maʼlum vaqt yoki sharoitni taqozo qiladigan birinchi grux ashula-ko‘shiq janrlarining mavzui o‘zlariga xos maʼlum marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog‘liq bo‘lib, undan deyarli chetlashmaslili bilan ajralib turadi. To‘y-marosim qo‘shiqlarining mavzui kelinni maqtash, er-xotinlik hayotiga taalluqli pand- nasihatlar, kelinning kuyov uyiga odob qoidalari, sodir bo‘layotgan marosimning ko‘tarinki haqidagi obrazli poetik taqqoslashlar bilan chegaralangan.

Misol sifatida keltirilgan «Yor-yor» shakl tuzilishi jihatdan ikki qismli bo‘lib, har bir sheʼriy misrani o‘ziga qamrab olgan uchta tugallangan kuy tuzilmasidan iborat. Turlicha ohanglar asosida (muayyan metroritmik tartibga solingan tor diapazonli uylarning bunday tuzilishi “Yor-yor”larning aksar lokal variantlari (toshkentcha, andijoncha, chimkentcha va boshqalar) uchun ham xarakterlidir.

Qayd etish lozimki, 2022 yilning yilning 7-8 may kunlari Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi chor atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan Padang qishlog‘ida xalqaro YUNESKO tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat, Turizm va madaniy meros vazirliklari hamda Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar ko‘magida «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu sanʼat anjumaniga dunyoning 30 dan ortiq davlatlaridan 200 dan ortiq sanʼat va madaniyat arboblari, xalq ijodiyoti namoyandalari, badiiy jamoalar tashrif buyurdi.

Festival doirasida xalqimizning ko‘p ming yillik anʼanalari, bebaho sanʼati, xususan, xalq dostonlari, hunarmandligi, milliy liboslari va xalq o‘yinlari keng namoyish etildi.

«Boysun bahori» xalqaro folklor festivalining tantanali ochilish marosimi sanʼat anjumanini mazmunan yana-da boyitdi. Tadbirda xalqaro YUNESKO tashkiloti, xorijiy davlatlarning yurtimizdagi diplomatik korpusi vakillari, shuningdek, turli davlat va jamoat tashkilotlari hamda mahalliy va chet ellik sayyohlar qatnashdi. Unda so‘z olgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qayta tiklangan bu festival milliy anʼanalarimizni asrab-avaylab, folklor sanʼatini eʼzozlash, yosh avlod ongu shuurida xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshirish, nomoddiy madaniy merosning eng yaxshi namunalarini muhofaza qilish va rivojlantirish, jahon xalqlari vakillarini maʼnaviy muloqotga chorlab, milliy anʼanalar asosida xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Milliy folklor musiqasida Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo va Surxandaryo bolalar folklor qo‘shiqlari o‘zining ohangdorligi, o‘ynoqiligi, jo‘shqinligi, yoqimliligi, milliy xislatlarni ifodalanishi, qo‘shiqlar matni yordamida xalqning etnik turmush tarzi va milliy qadriyatlarning yorqin tasvirlanishi bilan o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Buxoro bolalar folklor qo‘shiqlarining o‘ziga xos xususiyatlari “Boychechak”, “Alla-yo-alla”, “Bo‘zlardan uchgan g‘azal-ay”, “Buxoro elida gul sayli”  kabi to‘plamlarda aks ettirilgan.

Folklor etnografik-ansambllar konsert-tomosha repertuarlari