Notiqlik sanʼatining ko‘ptarmoqliligi

Notiqlik sanʼati – tilning tuganmas boyligini egallash demakdir. Nutq madaniyatini egallash orqali kishi yetuklik sari bir qadam tashlagan bo‘ladi. Insoniyat umummadaniyatining katta tarkibiy qismini nutq madaniyati tashkil etadi.
Notiqlik sanʼati fani leksikologiya va semasiologiya bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki nutqning aloqaviy fazilati hisoblangananiqlik, to‘g‘rilikni so‘zning lug‘aviy maʼnolarining aniq tavsifisiz tushunib bo‘lmaydi. Nutqning mantiqiyligi so‘z maʼnolarining maʼno va mazmuniy bog‘lanishlariga asoslanadi.
Zamonaviy notiqlik amaliyotida bayonning mazmuni, maqsadi va shartlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Ijtimoiy-siyosiy. U o‘z ichiga davlat qurilishi, iqtisodiyot, huquq, axloq, madaniyat masalalariga bag‘ishlangan chiqishlar; diplomatik,siyosiy, harbiy-vatanparvarlik, miting, parlament nutqlarini oladi.
2. Akademik, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beruvchi. O‘z ichiga taʼlim borasidagi maʼruzalar, ilmiy hisobotlar, sharhlar, xabarlar, ilmiy-ommabop maʼruzalar.
3. Sud. prokuror, advokat, ayblanuvchining nutqlari kiradi;
4. Ijtimoiy va kundalik hayot. Yubiley, kechki ovqat, xotira nutqlari va boshqalar.
5.Ruhiy–maʼnaviy, yoki diniy nutqlar.
Nutqning soflik, ifodaviylik, o‘rinlilik kabi aloqaviy fazilatlari ham nutq madaniyati fanini leksikologiya va semasiologiya bilan bog‘liq. Notiqlik sanʼati fani hamma vaqt mantiq va ruhshunoslikka suyangan. Logikaga murojaat qilmasdan turib aniqlik va mantnqiylikni tayinlash ham, baholash xam mumkin emas. Mantiq so‘zlar va butun bir gapdan chiqadigan tushunchalarni belgilaydi. So‘zlarning maʼnosi va ifodalanayotgan tushuncha o‘rtasidagi munosabatni mantiq tekshiradi. Mantiq so‘zlar, birikmalar va gaplar orasidagi maʼno aloqalarini tayinlaydi. Sintaktik tuzilmalar orasida mazmuniy aloqalarning jiddiyligi haqida shubha paydo bo‘lganda hamma vaqt mantiqqa murojaat qilish earuriyati tug‘iladi. Bunday paytlarda asosiy tushunchalarni ham, mantiqiy kategoriyalarni ham, uning sillogizmini ( ikki fikrni qiyoslash), farazlar va teoremalarni ham ishga solishga to‘g‘ri keladi. Mantiqiylikka murojaat qilnsh, xususan, gapni tavsniflash, unnng mantiqan manfiy va musbat tomonlarini aniq belgilash paytida yana-da earur bo‘ladi.





