Loyiha haqida
Loyihaning rasmiy nomi
Maʼnaviy-axloqiy va madaniy tarbiya: anʼanaviy g‘oyalarning yangi bosqichi
Loyiha maqsadi: yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish yoshlarning madaniy-maʼrifiy bilim darajasi va ongini yuksaltirish.
O‘zbekiston zamini azaldan madaniyatlar beshigi sifatida Buyuk ipak yo‘lida joylashgan turli xalqlar va millatlar madaniy-maʼnaviy taraqqiyotiga kuchli taʼsir ko‘rsatib, ming yillar davomida jahon miqyosidagi muhim jarayonlar markazi bo‘lgan.
Asosiy homiy
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi
Buyurtmachi tashkilot
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Ijrochi tashkilot
Barqaror rivojlanish markazi nodavlat notijorat tashkiloti
Loyihaning dolzarbligi
Bizning mintaqamiz Yevropa, Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni nafaqat savdo-iqtisodiy, balki madaniy jihatdan ham o‘zaro tutashtiruvchi o‘ziga xos madaniyatlar chorrahasi bo‘lib xizmat qilgan. Aynan bizning zaminimizda dunyo ilm-fani, madaniy taraqqiyoti rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk olimlar, mutafakkirlar va shoirlar yashab ijod qilgan.
Bugun aholi turmush sharoitlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan islohotlar negizida inson qadri va uning farovonligi yotar ekan, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yana-da jonlantirishda, o‘z navbatida, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot va badiiy ijodiyot sohalarining maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotdagi taʼsirchanligini yana-da oshirish ham talab etilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi» kitobida taʼkidlanganidek, “Hozirgi kunda milliy o‘zligimizni saqlab qolish, xalqimizning ongu tafakkurini yuksaltirish va shu orqali mamlakatimizni izchil taraqqiy ettirish uchun avvalambor adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini qo‘llab-quvvatlashimiz zarur”.
Barqaror rivojlanish maqsadlari – BMT Bosh assambleyasi tomonidan 2015 yilda “Barcha uchun yaxshiroq va barqaror kelajakka erishish rejasi” sifatida ishlab chiqilgan bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 17 ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan maqsadlar majmuasi hisoblanadi. Mazkur maqsadlar BMT Bosh assambleyasining 2015 yil sentyabr oyida qabul qilingan 70-sonli rezolyutsiyasida “2030 yilgacha bo‘lgan Global kun tartibi”deb nomlangan, ayni paytda esa ijtimoiy, madaniy, biologik va tabiiy tizimlarni barqaror rivojlantirish va saqlash bo‘yicha 17 ta global maqsad va 169 ta vazifani o‘z ichiga olgan mazkur hujjat “Mingyillik rivojlanish maqsadlari” deb yuritilmoqda. Barqaror rivojlanish maqsadlari aks ettirilgan “Global kun tartibi”da barqaror rivojlanishning madaniy aspektlarini nazarda tutuvchi bir nechta to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar mavjud. Ular orasida, ayniqsa, talaba-yoshlarning,xususan, taʼlim, madaniy xilma-xillikni eʼtirof etish orqali barqaror rivojlanishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, shuningdek, madaniyat sohasining barqaror rivojlanishga qo‘shadigan ulkan hissasi (4.7-maqsad), davlatlarning ijod hamda innnovatsion taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlaydigan siyosat ishlab chiqishlariga va amalga oshirishlariga ko‘maklashish (8.3-maqsad),Milliy, mahalliy madaniyat targ‘iboti orqali barqaror turizmni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishlarni monitoring qilishning samarali mexanizmlarini yaratish (8.9 va 12.b maqsadlar), umumjahon madaniy va tabiiy merosi namunalarini saqlash va muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar (11.4-maqsad) zarurligi alohida tilga olinadi.
“Barqaror rivojlanish markazi” nodavlat notijorat tashkiloti BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish hamda mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida ilmiy va ekspert doiralar ishtirokida fundamental va amaliy tadqiqotlar tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashish, ularning natijalarini umumlashtirish asosida o‘rta va uzoq istiqbolli dasturlar, strategik yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni hayotga tatbiq etishning normativ-huquqiy tartibga solinishi holatini va ushbu sohada huquqni qo‘llash amaliyotini tizimli o‘rganish va tahlil qilishni tashkil etish hamda tegishli takliflar tayyorlash va boshqa shu kabi vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan. “Barqaror rivojlanish markazi” nodavlat notijorat tashkiloti barqaror ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy rivojlanish jarayonlari samaradorligini yana-da oshirish, ularni yana-da rivojlantirishga oid takliflarni ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy maydon yaratish, media makonini O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning natijalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar bilan boyitishga ko‘maklashadi.
Loyiha tashkilotchilari









