Skip to content
Virtualmadaniyat

Sayt test rejimida ishlamoqda.

Qidirish
  • Loyiha haqida
    • Belgisi

    • Nomi

    • Virtual madaniyat markazi

      Loyiha aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish, aholining, xususan, yoshlarning madaniy-maʼrifiy bilim darajasi va ongini yuksaltirishga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

  • Yangiliklar
    • Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi deb tushuniladi. Shunga ko‘ra ushbu sohadagi yangiliklari bilan tanishib borishingiz mumkin.

  • Onlayn to‘garaklar
    • Onlayn sanʼat to‘garaklari, sanʼatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha kurslar hamda videodarslar

    • Videodarslar
  • Virtual tur
    • Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy va maʼnaviy obidalarini saqlash va oʻrganish boʻiicha mamlakatda yirik muzeylarga onlayn sayir qiling.

  • Madaniy meros
    • Nomoddiy meros

      Asrlar osha so‘zlaydigan dostonlarimiz va maqomlarimizni butun dunyoda bilishadi.

    • Meros
    • Folklor
    • Maqom va baxshi
  • Musiqa
    • Milliy
    • Xorijiy
NASHRLAR
NASHRLAR
Virtualmadaniyat
  • Asosiy sahifa
  • Loyiha haqida
  • Yangiliklar
  • Onlayn to‘garaklar
    • Videodarslar
  • Virtual tur
  • Madaniy meros
    • Meros
    • Maqom va baxshi
    • Folklor
  • Ro‘yxatdan o‘tish
  • Bosh sahifa
  • Onlayn kurslar
  • Notiqlik

Notiqlik sanʼati

O'quv dasturi

  • 1 Section
  • 11 Lessons
  • 10 haftalar
Expand all sectionsCollapse all sections
  • Notiqlik madaniyati
    11
    • 1.1
      Kirish
    • 1.2
      Notiqlik mahoratini egallash nima uchun muhim?
    • 1.3
      Notiqlik sanʼatining shakl va usullari nimalardan iborat?
    • 1.4
      Notiqlikda qanday usullar qo‘llaniladi?
    • 1.5
      Notiqlik sanʼatining ko‘ptarmoqliligi
    • 1.6
      Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisa
    • 1.7
      Notiqlik mahoratini qanday rivojlantirish mumkin?
    • 1.8
      Notiq bo‘lmoqchimisiz, ko‘p o‘qing
    • 1.9
      Notiqlik qobiliyatini takomillashtirish: 10 ta samarali maslahat
    • 1.10
      Nutq so‘zlashga tayyorgarlik bosqichlari nimalardan iborat?
    • 1.11
      Qo‘shimcha amaliy mashqlar

Notiqlikda qanday usullar qo‘llaniladi?

Notiqlik nutqida ritorik savol-javoblar, ruhlantiruvchi undov so‘zlar va so‘z birikmalari, jozibali so‘zlar, xitob qilish, murojaat etish kabi va yana boshqa bir qator usullar qo‘llanadi.

Tinglovchi bilan notiq o‘rtasida aloqa o‘rnatilishida ritorik savol usulining qo‘llanishi ahamiyatlidir. Bu usulning qo‘llanishi tinglovchilarni nutq mavzusi ustida o‘ylashga, fikr yuritishga undaydi. Masalan, ritorik savol: «Hayotni kim sevmaydi? Undan kim zavqlanmaydi?» kabi.

Notiqlik – bu nutqiy mahorat, noyob qobiliyat hamdir. Notiqlik sanʼati va tinglovchilarga taʼsir o‘tkazish. Bu nafaqat dalillarni izchil taqdim etish va nutq matnini tayyorlash qobiliyatini, balki o‘z ichiga aktyorlik elementlarini, psixologiya bilimlarini va adabiy asoslarni ham oladi.

Qadimgi Rimning mashhur notiqlaridan sanalgan Mark Tulliy Sitseron shunday degan edi: «Kishi shoir bo‘lib tug‘iladi, notiq bo‘lib yetishadi».

Sitseron fikricha, notiqqa qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

1. Notiq nutq jarayonida dadil bo‘lishi, nutq mavzusini chuqur bilishi kerak.

2. Nutq to‘la isbotlanishi kerak.

3. Nutq oldi-qochdi so‘zlardan, ahamiyatsiz fikrlardan holi bo‘lishi lozim.

4. Nutq materiallarini sidqidillik bilan to‘plash, bu materiallar o‘z mavzusi bilan tinglovchilarda qiziqish uyg‘otishi kerak.

5. Manbalarni reja asosida joylashtirish, tushunishga oson bo‘lishini taʼminlash lozim.

Notiq o‘z tinglovchisini topa olishi va so‘ziga qarata olishi kerak. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, notiqlik nutqi lug‘aviy, sintaktik nuqsonlar, mantiqiy murakkablik va chalkashliklardan holi bo‘lgan, o‘ziga xos talaffuz, ohang, ritorik shakllar kabi xususiyatlarga ega, lug‘aviy, grammatik, sintaktik hamda nolisoniy vositalar bilan ifodalanadigan chin maʼnodagi nutqiy kamolatdir.

Har qanday nutq so‘zlagan shaxs – notiq va ular nutqi notiqlik sanala bermaydi. Notiqlik sanʼati nutqiy mahorat bo‘lib, notiqning noyob qobiliyat egasi ekanligini nomoyish qiladi. Ekspertlarning fikricha, notiqlik avvalo chiroyli gapirishdir. Ammo, nutqning faqat chiroyli bo‘lishi hali yetarli emas, har qanday beʼmani safsatalarni ham juda chiroyli qilib gapirish mumkin. Bu esa notiqlik emas, vaysaqilik Darhaqiqat, notiqning nutqi chiroyli, jozibali bo‘lishi bilan bir qatorda mazmunli, mantiqan kuchli bo‘lishi ham lozim.

Notiqlikning asl mohiyatini tushunib yetish uchun notiqlikni yaratuvchi vositalarni egallash, notiqlik nutqi madaniyatidan xabardor bo‘lish, notiqlikning mazmuniy-funksional ko‘rinishlarini va bu turlarini yaratuvchi lisoniy va nolisoniy vositalarini bilish maqsadga muvofiqdir.

Arastu (er. avvalgi 335 yil) tomonidan “Ritorika” asari uch kitobdan iborat.

Birinchi kitobida ritorika fanining boshqa fanlar orasida o‘rni va nutq turlari haqida so‘z boradi. Ikkinchi kitobi isbotlash usullari haqida, uchinchi kitobida – uslub va nutq tuzilmasi haqida so‘z yuritiladi.

Arastu nutqning uch turini ajratadi: suhbat, sud va epideyktik mavzudagi turlar. Ularning maqsadlari quyidagicha: suhbat mavzusidagi nutqlarda-ishontirish yoki inkor; sud nutqlarida – oqlash yoinki ayblash; epideyktik nutqlarda – maqtash yoki kamchiliklarni ko‘rsatish kabilardan iborat.

Notiq bu mavzularni o‘z nutqida yoritishi asosiy talab hisoblanib, undan maqsad -tinglovchilarni yaxshi xulqqa chorlash va yaxshi odatlarni egallashga undash edi. Bu kabi xislatlarni egallagan shaxs davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta foyda ko‘rsatishi aniq, deb hisoblanar edi. Arastu ham notiqlar egallashi zarur bo‘lgan tamoyillar tizimini yaratdi.

Bular:

1. Nutq xizmat qilishi lozim bo‘lgan usullar.

2. Notiqning shaxsiy xususiyati va mahorati.

3. Nutq texnikasi va uning usullari.

4. Nutq  uchun material tanlash.

5. Reja, shakl, materialni joylashtirish.

Sitseron «Notiq haqida» risolasida notiqqa uch talab qo‘yadi, bular:

1) Noyob qobiliyat, ong va xotiraning kuchli bo‘lishi.2)Notiqlik nazariyasini puxta o‘rganish. 3)Nutqiy amaliyot.

Sitseron risolalarining birida shunday yozadi: «So‘zlay olishning o‘zitabiat inʼom etgan xususiyatlarning eng bebahosidir; uni rivojlantirish, doimiy ustida ishlash lozimdir».

Demak, notiq uchun nutqiy ifoda asosiy fazilatdir, lekin nutqning mazmunli bo‘lishi uchun tinimsiz mehnat – nutqni doimiy ravishda boyitib borish lozim.

Jonli so‘z – notiqlik sanʼatning mazmun mohiyatini tashkil etadi. Nutq ravon va muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun notiq nutqning ifodaviy vositalarini egallagan bo‘lishi kerak. Ifodaviylik esa aniq va ravshan tallafuz, to‘g‘ri ohang, o‘z o‘rnida qo‘yilgan to‘xtam va tinglovchilar bilan bo‘lgan jonli muloqotdir.

Har bir notiq o‘zining nutq uslubi, o‘zini tutishi bilan yaqqol ajralib turishi lozim. Yaʼni, o‘zining mustaqil uslubiga ega bo‘lishi kerak. Masalan, bir notiq taʼsirchan so‘zlarni topib gapirishi bilan, boshqa biri fikrini dalillar yordamida isbotlashi bilan, uchinchi bir notiq esa o‘zining emotsional talqini bilan tinglovchini rom etishi mumkin. Taʼsirchan so‘zlar, dalillar va emotsional talqin – notiqlikning uch asosiy belgilaridandir. O‘tmish notiqlarining notiqlik sanʼatiga qo‘shgan eng yaxshi namunlarini tanqidiy o‘zlashtirib, ularning tajribalaridan unumli foydalanish – notiqlik mahoratini egalashning muhim yo‘li.

Notiqlik sanʼatining shakl va usullari nimalardan iborat?
Oldingi
Notiqlik sanʼatining ko‘ptarmoqliligi
Keyingi sahifa
Virtual madaniyat markazi

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilangan.

Tezkor havolalar

Loyiha haqida
Yangiliklar
To‘garaklar
Onlayn tur
Musiqa
Madaniy meros
Nashrlar

Aloqa va takliflar uchun
  • Bog‘lanish shakli
  • info@virtualmadaniyat.uz

Mualliflik huquqi © 2026 virtualmadaniyat.uz