Kirish

Hozirgi kunda tezkor zamonda mustaqil O‘zbekistonda yoshlarida yangichadunyoqarashning shakllanishida notiqlik sanʼatidan bilim olishlari muhim.Chunki yangicha dunyoqarash ruhida tarbiyalanayotgan har bir talaba, yangicha dunyo qarashga intilayotgan xodimmi boshliqmi , umuman olganda shaxs to‘g‘ri va savodli yozish, o‘qish bilan birga mohirona gapirish, nutqiy madaniyat va notiqlik sanʼati sirlaridan voqif bo‘lishlari bugungi va ertangi kunning talabi ekanligini har taraflama his etmog‘imiz shart. Notiqlik sanʼati“Ritorika” nomi bilan qadimiy tarixga ega.Shu o‘rinda notiqlik o‘zi nima, degan savol tug‘ilishi shubhasiz.Notiqlik bu –so‘z sanʼati hisoblanib, so‘z sanʼati bo‘lganda ham ohangdan go‘yoki, so‘zlarga libos kiydirib jilolatadigan so‘z sanʼatidir.
Shu maʼnoda notiqlik sanʼati boshqa sanʼat turlari orasida alohida mavqega egadir. Qadimda mohir notiqlargina lashkarboshlik va davlat arboblari lavozimlariga saylab tayinlangan.
Tarixda Aristotel, Demosfen, Abu Homid G‘azzoliy, bobolarimizdan esaAlisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabilar notiqlik bobida o‘zo‘rniga ega bo‘lgan zotlar o‘tishgan. Notiqlik sanʼati chiroyli sayqal bilantuzilishi lozim bo‘lgan so‘z asaridir.
Notiqlik sanʼati omma oldida nutq so‘zlovchining o‘z-o‘ziga ishonch hosil qilishni va omma oldida so‘zlashning turli yo‘llarini, o‘ziga nisbatan ishonch hosil qilishni va omma oldida so‘zlashning turli yo‘llarini, o‘ziga nisbatan dadillik va ishonchni shakllantirishni o‘rganadi.
Notiqlik (ritorika) fanining asoschisi yunon olimi Koraks bo‘lib, uning fikricha,ritorika «ishontiruvchi xizmatkordir».Notiqlikning asosiy fazilati isbot qilish va haqiqatni qaror toptirishdadir.
Nutq odobi masalasi XI asrda yashab ijod qilgan xorazmlik buyuk olim,alloma Abu-l–Qosim Mahmud ibn Umar az–Zamahshariyning(XI asr) «Navobig‘ ul-kalim» («Nozik iboralar») nomli asarida yoritilgandir.
Aflotun fikricha: «Notiqlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxs, avvalo, o‘z uslubini, talqin etish yo‘llarini aniqlab olishi, notiqlik ko‘rinishlarini puxta egallab, so‘ng ish boshlashi lozim» dir.
Aflotun notiqlikni qobiliyat, mahorat sohibi egallashi mumkinligini taʼkidlab, notiqlikka qo‘yiladigan eng asosiy talab – bu «emotsional ishontirish» ekanligini aytib o‘tadi. U notiqlikning yana bir talabi – «mantiqiy isbot»ni keyingi o‘ringa qo‘yadi. «Isbotlash emas, ishontirish, ishontirganda ham taʼsirli ishontirish kerak», –deydi Aflotun. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Aflotun ham o‘z navbatida, notiqlik nazariyasining yaratilishida, o‘ziga xos o‘ringa ega.
Aflotun va Arastu kabi yunon olimlari notiqlik sanʼatining rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar, notiqlik nazariyasiga asos soldilar. Qadimgi Yunoniston va Rimning eng mohir notiqlari so‘zning sir-sinoatini, notiqlik nutqining ham amaliy, ham nazariy tomonlarini o‘z izlanish va tahlillarida bayon etganlar. KorneliyTatsit (er. 57-117) bizga notiqlar xususiyatlari bayon etilgan «Notiqlar haqida so‘z» risolasini yozib qoldirgan. Ushbu risolada yozilishicha, Gorgiy uch ritorik unsurni birinchi bo‘lib qo‘llagan. Bular: parallelizm, antiteza, anafora. Frasemax esa birinchi bo‘lib, notiqlik sanʼatida ritm masalasini ko‘rib chiqqan. Pol va Likimiy (Gorgiy shogirdlari) notiqlik leksikasi masalasi bilan shug‘ullanganlar. Tarixchi va siyosatshunos Tatsitni notiqlikning mazmun mohiyatini o‘rganish masalasi qiziqtirgan.
Shubhasiz, so‘z – insonning eng kuchli quroli degan edi mashhur faylasuf Aristotel. Insondagi hech bir narsa so‘zchalik kuchli taʼsir kuchiga ega emas. So‘z bo‘lganda ham har qanday so‘z emas, balki badiiy, adabiy til meʼyorlariga amal qilgan so‘zlar uni mahorat bilan go‘zal tarzda yetkazib beruvchi notiq tilida dunyodagi eng dahshatli texnik quroldan ham katta kuchga ega bo‘ladi. Insonlarning fikrlarini o‘zgartirish, ularning qalbiga osonlikcha yo‘l topish uchun notiq bo‘lish talab etiladi.
Ushbu kitob orqali notiqlik sanʼatining shakl va usullaridan,shuningdek notiqlik mahoratini egallash borasida maʼlumot olasiz.





