Foydalanuvchi Avatari

Notiqlik sanʼati

10 haftalar
Barcha darajalar
11 dars
0 viktorinalar
426 talaba

Avvalo qayd etish lozimki, so‘z qadri, to‘g‘ri, ravshan fikr yuritish, nutq odobi haqida XII-XIII asr mutafakkirlari Yusuf Xos Hojib Ahmad Yugnakiylar ibratli fikrlar bildirganlar.

Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim») asarida so‘zlarni to‘g‘ri tanlash, qisqa so‘zlash, so‘zlarga maʼno yuklash, so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash haqida:

Bilib so‘zlasa so‘z bilig sanalur.

Og‘ush so‘zlama so‘z birar so‘zla az,

Tuman so‘z tugunin bu bir so‘zla yoz…, deb yozgan edi.

Ahmad Yugnakiy (XI asr) ham nutqni o‘ylab, shoshmasdan so‘zlashga, to‘g‘ri fikr yuritishga, keyin hijolat bo‘lmaslik uchun o‘qub so‘zlashga undaydi:

Uqub so‘zla so‘zni eva so‘zlama,

So‘zing kizla, kedin, boshing kizlama.

(So‘zni uqib so‘yla, shoshib gapirma (keraksiz, yaramas) so‘zlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyinboshingni egib yurma).

Xalqimiz ichidan Mavlono Muin Voiz, Mavlono Riyoziy, Mavlono Mehnagiy, Hotam Asom, Mavlono Irshod, Qozi O‘shiy kabi bir qator isteʼdod sohiblari, barkamol notiqlar yetishib chiqqan.

Jonli, mazmunan teran so‘zning taʼsirchanligi uning kishilarga zavq bera olishida namoyon bo‘ladi. Yozma adabiyotning ilk namunalaridan to shu kunchagayaratilib kelingan va kelinayotgan asarlarning deyarli barchasida so‘zning buyuk qudrati madh etiladi:

«Jism bo‘stonig‘a shajar so‘zdur,

Ruh ashjorig‘a samar so‘zdur»