Xonandalik nafas olishi
Xonandalik nafas olishni rivojlantirish kuylash asosi sifatida kuylovchilik tovush ustida ishlash jarayonida kechadi va asta -sekin, sistemali tarbiyalanadi. U bir m arom da, erkin, ovoz hosil qilishda qatnashuvchan barcha sistemalarning tabiiy m uvofiqlashuviga ko‘maklashadigan bo‘lishi kerak. Faqatgina kuylash bilan bog‘liq tashkil etilgan, tinch nafas olish “tayangan” tovush uchun sharoit yaratiladi. Bunday tovush to‘liq va chiroyli eshitiladi.
Ovoz hosil qilishdan oldin nafas olinadi nafasning bu fazasini nazorat qilish m umkin, bu o‘qitish uchun juda muhim. Xonandalik nafas olish jarayonida o‘pka havoga to‘ladi va ovoz apparati ovoz hosil qilishga tayyorlanadi. Xonandalik nafasi shovqinsiz ancha chuqur, yarim esnash tuyg‘usi bilan olinadi.
Nafas olganda ko‘p miqdorda havo olish yaramaydi, zero tovush berish va ovoz hosil qilish jarayonining o‘zi qam qiyinlashadi. Xonanda nafas olishi va chiqarishi nafasni bir zum tutib turishi bilan ajratiladi, keyin nafas chiqarish boshlanadi. Tovushni qayta yaratishdan oldin nafasni bir zum tutib turish – nafas olish holati, nafas olish pozisiyasini fiksasiyalash momenti nafas olish ustanovkasi butun kuylash davomida, butun fiksasion nafas chiqarishda saqlanish kerak, bu nafas tayanchini tashkil etadi. To‘qri nafas chiqarishning asosiy vazifasi uni ohista, tejam korona chiqarish ovoz to‘qimalari normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan to’qima osti bo‘shlig‘ida bosim yaratishdan iborat. Nafasni uni oxirigacha tovushga aylantirib sarflay olish xonandalik nafasini egallaganlik m ahoratini belgilaydi.
Vokal-pedagogik am alyotida pastki qovurg‘a – diafragmatik, ya’ni aralash nafas olish eng qulay sanaladi. Nafasning bu tipda ko‘krak qafasi va diafragma ishga faol kirishadi: nafas olish ularning bir paytdagi harakati bilan kechadi, bu to‘liq nafas olish im konini beradi. Nafas va ovoz to‘qimalari o‘zaro ta’siri tovush tayanchini belgilaydi. Boshqacha aytganda, xonandalik tayanchi – ovoz apparatining barcha qismlari (bo‘g‘iz, nafas a’zolari va ustki trubka) muvofiqlashgan ishi natijasi.
Xonandalik tayanchining asosiy mezoni qayta yaratilgan tovush sifatidir. Bu yig‘iq tem br bo‘yog‘iga boy, yaxshi eshitiladigan, dumaloq tovush. Shu sababli ta’lim boshlanishida to‘g‘ri tashkil etilgan nafas olish va tovush atakasi birinchi darajali muhim m om ent sanaladi, zero ko‘p jihatdan xor jarangini belgilab beradi.
Ovoz to‘qim alari va nafas ham korligining boshlang‘ich momenti -tovush atakasi deyiladi. A taka tovush pay do bo‘lish momenti. Ovoz hosil qilishning boshlang‘ich m om entida ovoz to‘qimalari ishini tashkil etayotib, ataka izchil jarangni belgilaydi. Tovushni olish usulini ixtiyoriy o‘zgartirib bu bilan ovoz to‘qimalari ish xarakteriga ta’sir etamiz, ular irodam izga bevosita bog‘liq emas. Vokal pedagogik amaliyotida yumshoq va qattiq ataka qo‘llanadi. Ataka kuylashda ifoda vositasi sanaladi.
Kuylash – musiqiy tashkil etish so‘z bilan bog‘liq bo‘lgan m usiqa san’ati musiqiy nutq hosil bo‘lishida nutq a’zolari: og‘iz bo‘shlig‘i, til, yumshoq tanglay, pastki jag‘, bog‘iz, hiqldoq qatnashadi. Bu a’zolarning (unli va undosh) nutq tovushlarini yaratishga qaratilgan ishi artikulyasiya (talaffuz) deyiladi.
Talaffuz a’zolari alohida aham iyatga ega. Bu ovoz apparatining eng harakatchan va irodam izga buysunadigan qismi. Pastki jaq harakati, lablar ishi, yum shoq tanglay holatini ko‘ra olamiz. Bu a’zolar ishi avvalo bo‘g‘iz bilan bog‘liq. Talaffuz a’zolari ishi sustligi, xuddi zo‘riqish kabi butun ovoz apparati ishiga ta’sir qiladi.
Kuylashda yum shoq tanglay va bo‘qiz ham sozligi juda muhim, zero ongim izga bo‘ysungan yum shoq tanglay orqali bo‘g‘izga uning barqarorligiga ta’sir etamiz. Yumshoq tanglayning esnash holatiga kelishi unlilar shakllanishga sharoit yaratadi, ulam ing dum aloqlashuviga, tem bri, bo‘yog‘i, yuqori pozisiyaga ta’sir etadi. Yuqori tonlar yum shoq tanglayning baland ko‘tarilishi, baland “gumbaz”ni talab qiladi. Bu ayniqsa erkak ovozlarida yuqori tonlarni shakllantirishda muhim. Kuylashga o‘rgatish boshdanoq esnashga o‘rgatishda qat’iy e’tibor qaratish lozim. Esnash nafas olish pozisiyasining tarkibiy qismi sanaladi.
Artikulyasiya organlarning kuylash skladi kuylash unililarrosil bo’lishda nutqiy unlilardagidan akustika, formatiga ko’ra farqlanadi. Kuylash undoshlari ham shunday xususiyatga ega fonislar (alohida nutq tovushlari ) yordamida xonandalik ovozi va ovoz apparati ishiga ta’sir usuli vokalga o ’rgatishning fonetik metodi bo’lib, vokal pedagogikada keng tarqalgan va samarali
hisoblanadi.
Artikulyasiya organlari ishi intensivligi va muvofiqlashganligi nutq tovushlari talaffuz sifati, so’zlar aniqligi diktsiyani belgilaydi. Artikulyatsiya apparati ishini shunday tashkil etish lozimki, tez va intensiv harakatlar, ayniqsa til harakatlari bo’g ’izning kuylovchilik ustanovkasini buzmasin, hiqildoqni deyarli q o ’zg’atm asdan, tovushlarni talaffuz qilishga o ’rgatish lozim.





