Ataka turlari
1. Qat’iy ataka. 2. Yumshoq ataka. 3. Nafasli ataka.
Qat’iy ataka.
Nafas chiqarish boshlanguncha, ovoz to ’qimalari zich birlashadi, ovoz tovushi qat’iy, keskin qat’iy atakadan musiqiy ifodalilik vositasi sifatida asar xarakterini berishda foydalaniladi. Bundan tashqari, u b o ’g ’izni faollashtirish uchun qo’llaniladi.
Yumshoq ataka.
Ovoz (un) paychalari birlashishi m om enti nafas chiqarish boshlanishiga to‘g‘ri keladi. Yum shoq ataka kuylashda ko‘proq qo’llaniladi. Bo‘g‘iz jarangi (siqillishni) bartaraf qiladi. Yumshoq atakada tovush elastik, parvozli yumshoq bo‘ladi.
Atakaning turlariga o‘rgatish mumkin, o‘rgangan xonanda tovush bo‘lish usullarini ongli alm ashtiradi. Bu juda m uhim, zero tovushni berish usuli ma’lum registmi qayta yaratish bilan bog‘liq. Ataka, ovoz to’qimalari tovush hosil qilishning boshlang’ich m om entida tashkil etilib, keyingi jarangni belgilaydi.
Tovushni olish usulini ixtiyoriy alm ashtirib, biz ovoz to‘qimalari ishi xarakteriga ta’sir eta olamiz. Shu sababli ataka ovoz to’qimalari ishiga ongli ta’sir etishning eng m uhim vositasi, u irodam izga bevosita bog‘liq emas.
Insonning kuylovchilik ovozi obertonlarga boy. Obertonlarning balandligi, kuchi, miqdoriga ko‘ra turlicha birikmalari jarangning umumiy fanini, tovush bo‘yog’i yoki tem brini yaratadi.
Ovozning individual tembri ovoz apparatining anatomik xususiyatlari bilan belgilangan, biroq shuningdek, ovoz to‘qimalari va nafas to‘qimalarining muvofiqlashgan ishi, rezontorlar ishiga bog‘liq shu sababli ta‘lim jarayonida tembr sifatiga ma’lum darajada ta’sir etish m umkin tomoq va burun yontovushlarini to‘qrilash butaolishsol bo‘la oladi. Tembmi ovoz to‘qimalari va
talaffuz organlari ishiga ta’sir etib o‘zgartirish mumkin.





