Vokal sir-asrorlarini chuqur oo‘rganishi, yuqori professional uslubda kuylay olishi uchun talaba quyidagi malaka va ko‘nikmalarni egallashi lozim:
– nafasni qovurg‘aning pastiga, qoringa olish, shovqinsiz nafas olish va uni tejamli sarflash;
– barcha registrlarda yuqori holatda ovoz hosil qilib kuylay olish;
– sof va toza kuylash;
– so‘zlarni aniq, burro talaffuz qilish, unli tovushlarni cho‘zib, ravon ovoz hosil qilish, soʼzlam i orfoepiya qoidalariga muvofiq talaffuz qilib kuylash;
– turlicha ovoz hujumlari bilan kuylay olish, asosan, mayin hujum afzalligidan foydalanish;
– kuylashda ovoz dinam ikasini hosil qila olish, musiqa asarlari jum lalarini badiiy ijro etishda undan unumli foydalana bilish;
– legato va stakkatoda kuylash;
– ijrochilik kantilenasi rechitativ uslubdan foydalana bilish;
– vokal asarlarini musiqa asbobida o ʼzi chalib kuylash;
– turli uslub, turli xarakterdagi asarlarni taʼsirli qilib kuylay olish.
O'quv dasturi
- 1 Section
- 10 Lessons
- 10 kun
- Xonandalik ovozi"Xonandalik ovozi" tushunchasi insonning kuylash qobiliyati bilan bog‘liq nutqdan farqli oʼlaroq, xonandalik ovozi tovushlari aniq balandlikka ega, uzoq davom etishi mumkin. Ular unlilarda namoyon bo‘ladi. Xonandalik ovozidan inson bolalikda musiqiy eshitish va ovoz apparati rivojlanishi daraja-siga ko‘ra foydalana boshlaydi.10





