Tanbur ijro qilishdagi holat
Tanbur asosan o‘tirgan holda chalinadi. Tanburning kosasi o‘ng qo‘lning uch barmoqlari (o‘rta,nomsis va jimjiloq) bilan ohista tutib turiladi. Ko‘rsatgich barmoqqa nohun taqib, pastdan yugoriga chertib chalinadi. Dastasi esa chap qo‘l kaftida erkin, ochiq barmoqlar bilan tutib, ko‘rsatgich, o‘rta, nomsiz barrnoqlar bilan asta torlarini pardaga bosib chalinadi. Tanbur ushlab o‘tirishda gavdani tik tutish, ikki qo‘ning tirsaklarini erkin holga keltirib olish kerak.
Tanbur kosasi pastdan barmoqlar bilan tepadan esa o‘ng qo‘l bilagi bilan tutib, qorinning o‘ng qismiga qo‘yib chalinadi. Nohun taqilgan barmoq ko‘nikishi uchun davomli ravishda yechmasdan yurish taysiya etiladi.





