Foydalanuvchi Avatari

Tanbur

10 kun
Boshlang‘ich
10 dars
0 viktorinalar
2 talaba

Hayotiy tajribalar madaniyatni yaratadi, madaniyatdan anʼana yuzaga keladi, anʼanalardan esa qadriyatlar paydo bo‘larkan Musiqa ijrochiligining ulkan maktabi – anʼanaviy cholgu ijrochiligi ham xalqimizning bir necha yillik hayotiy tajribasi, madaniyatidan yaralgan meros, qadriyatdir. Bugungi kunda Yunus Rajabiy nomidagi azbek milliy musiqa sanʼati instituti “Maqom cholgu ijrochiligi” kafedrasi faoliyati ham otmish ustozlarning anʼanalariga uzviy bog‘liq holda yuritib kelinadi. Tanbur musiqa cholg‘usining ijrolarini o‘rganish ham qadimdan “Ustoz va shogird” tizimi asosida ustozlardan ogzaki anʼana ijro asosida yolga qdyilgan.

O‘zbek milliy musiqasi, anʼanaviy ijrochiligida Rixsi Rajabiy, Turg‘un Alimatov kabi zabardast ustozlar tanbur musiqa cholg‘usi ijrochiligi maktabining poydevorini o‘rnatib ketgan bolsalar, Abdullo Umarov, Abdufattox Abdug‘afforov, Abror Zufarov, Toir Qo‘ziyev, Muhammadjon Mamatqulov kabi gator ustozlar bugungi kunda ularning ishlarini davom ettirmoqdalar. Tanbur cholg‘usining tarixiy shakllanishi va bizgacha yetib kelishi mashhur tanbur ijrochilarining nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, har davrning ulug‘ ustoz tanburchi sozandalari o‘zianning betakror ijrolari bilan, tanbur cholg‘u sozining bugungi mukammallashuviga olib kelganlar.

Bugungi anʼanaviy tanbur ijrochiligida eng keng o‘rin egallagan ijrochilik maktabining shakllanishida buyuk ustoz Turg‘un Alimatovning o‘rni alohidadir.