BUYUK AJDODLARIMIZNING UMUMBASHARIY SIVILIZATSIYA RIVOJIGA KO‘SHGAN BENAZIR XISSASI
1-JILD
Ajdodlarimizni xotirlash xalqimizga xos azaliy fazilatdir. Buyuk tariximiz, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizga bag‘ishlangan. Ushbu to‘plamda dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarimiz haqida bilib olasiz.
To‘plamni tayyorlashda turli ilmiy manbalar, axborot resurslari, Internetdagi materiallardan foydalanilgan.
Nashr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “Maʼnaviy – axloqiy va madaniy tarbiya: anʼanaviy g‘oyalarning yangi bosqichi” nomli davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘lari hisobidan tayyorlangan.
Kitobning qisqacha mazmuni haqida...
Bugun Yangi O‘zbekistonda milliy madaniyatimiz, ilm-fan, adabiyot va sanʼatimiz yuksalishiga ulkan hissa qo‘shgan maʼrifatparvar ajdodlarimizning boy merosini o‘rganish, targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yosh avlod ongu shuuriga singdirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Jahon ilm-fani rivojiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish, jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda maʼrifiy soha vakillarining daxldorlik hissi va ishtirokini yana-da oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiѐt strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining “Maʼnaviy taraqqiѐtni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” deb nomlangan beshinchi ustuvor vazifasidagi 73-maqsad aynan, “Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish” deyilgan. IHT, IRSIKA, AYSESKO, YUNESKO kabi dunѐning nufuzli xalqaro tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlari bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” shiori ostida xalqaro konferensiya, simpozium va anjumanlar tashkil etish rejalashtirilgan. Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar qalamiga mansub 100 ta asarning xalqchil tarjimasini amalga oshirish, ular asosida ilmiy va ommabop risolalar yaratish hamda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng tadbiq etish asosiy vazifa qilib olingan…





