BUYUK AJDODLARIMIZNING UMUMBASHARIY SIVILIZATSIYA RIVOJIGA KO‘SHGAN BENAZIR XISSASI
2-JILD

Ajdodlarimizni xotirlash xalqimizga xos azaliy fazilatdir. Buyuk tariximiz, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizga bag‘ishlangan. Ushbu to‘plamda dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarimiz haqida bilib olasiz.

To‘plamni tayyorlashda turli ilmiy manbalar, axborot resurslari, Internetdagi materiallardan foydalanilgan.

Nashr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “Maʼnaviy – axloqiy va madaniy tarbiya: anʼanaviy g‘oyalarning yangi bosqichi” nomli davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘lari hisobidan tayyorlangan.

Kitobning qisqacha mazmuni haqida...

Yangi O‘zbekistonda jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy merosini o‘rganish, targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yosh avlod ongu shuuriga singdirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yurtimiz azaldan islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Qaffol Shoshiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab allomalar nomi jahon sivilizatsiyasi tarixida haqli ravishda oltin harflar bilan bitilgan.

Zero, buyuk allomalar tug‘ilib, kamolga yetgan zamin O‘zbekiston – jahonshumul kashfiyotlar yurti. Ularning ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun bir insoniyatning maʼnaviy mulkidir.

Masalan, ulug‘ vatandoshimiz Muhammad ibn Muso Xorazmiy algebra fanining asoschisi bo‘lishi bilan birga, turli fanlar sohalarida samarali ijod qilib, nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyo fanlarining rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy kabi olimlar hozirgi zamon hisoblash tizimini kashf etdilar. Manfiy va irriotsional sonlar bilan ishlash yo‘lini, ildiz chiqarish, kvadrat tenglamalarni yechish usullarini topdilar va o‘z kashfiyotlari bilan dunyo fanining cho‘qqisiga chiqdilar.

“Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak, – deb taʼkidlaydi O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev.