Samarqandda Xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi – unda kimlar ishtirok etishi mumkin?

Samaqandda Xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.

Samarqanddagi “Silk Road” turistik markazida 19-oktabr kuni “Global Forum on Education: The Foundation of Building Tourism” xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi.

Tadbir BMT Butunjahon turizm tashkilotining 25-Bosh Assambleyasi (GA25 UNWTO) doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ular ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalarga doir dolzarb masalalarni muhokama qilishadi.

Forum dasturida turizm va ta’lim sohasidagi yutuq va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi “Ulysses Awards UNWTO” mukofotlash marosimi o‘tkaziladi. Xalqaro ta’lim forumi ishtirokchilari soni cheklangan. Ishtirok etish uchun 20-sentabrgacha maxsus platforma orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.