Dutor – fors tilidan olingan bo’lib, ikki tor degan ma’noni anglatadi. Ushbu cholg’u o’zbek, tojik, uyg‘ur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. O’zbek dutori mayin, nafis va shirali ovozi bilan boshqa cholg’ulardan ajralib turadi. U asosan tut, o’rik yog‘ochlaridan yasaladi. Cholg‘uning kosaxonasi (rezonatori) 8-12 ta yupqa, bir-biriga yonma-yon yopishtirilgan taxtacha (qovurg’a)dan ishlanadi. Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona bo‘g‘oz orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 15-17 ta parda boglanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar o‘yib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi. Ular Tanavor sozi (kvarta), Munojot sozi (kvinta), Qo’shtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uyg‘urlarda dutor kattaroq shaklda, Turkmanistonda faqat o’yma (qazma) turi, Xorazm va Qoraqalpoglstonda kosaxonasi qovurg’ali dutorlar bilan birga hajmi kichik, o‘yma xillari ham uchraydi. Dutor yakkanavoz va jo‘rnavoz cholg’u sozi bo‘lib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qo’shzarb, bilak zarb, bidratma (terma), teskari zarb kabi ijro usullari mavjud.
Dutor haqidagi dastlabki yozma malumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniyning “Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari” nomli risolasi (16-bobi)da uchratamiz. XVI-XVII asrlarda “Dutoriy” taxallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan.
O'quv dasturi
- 1 Section
- 16 Lessons
- 12 kun
- DutorMazkur kurs dutor cholg‘usining nazariy qoidalari, mashq hamda kuylardan iborat.16
- 0.0Dutorning tuzilishi
- 0.1Dutorni ushlash
- 0.2Dutorning sozlanishi
- 0.3Intervallar
- 0.4Nota cho‘zimlari
- 0.5Nota joylashuvi
- 0.6Dutorda notalarning joylashuvi
- 0.7Oddiy zarblar 1-mashqi
- 0.8Oddiy zarblar 2-mashqi
- 0.9Oddiy zarblar 3-mashqi
- 0.10Oddiy zarblar 4-mashqi
- 0.11Murakkab zarblar 5-mashq
- 0.12Murakkab zarblar 6-mashq
- 0.13Terma zarb 7-mashq
- 0.14Terma zarb 8-mashq
- 0.15Teskari zarb 9-mashq





