Yangi O‘zbekiston yulduzlari

Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan 2023 yilgi ko‘rik-tanlovda teatr, kino, estrada, anʼanaviy ijrochilik, sirk, askiya, baxshichilik singari 20 ta nominatsiya bo‘yicha yilning eng yaxshilari taqdirlandi. 28 yanvar kuni “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kino, teatr va ommaviy tomoshalar

Kino, teatr va ommaviy tomoshalar yo‘nalishida “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofotini qo‘lga kiritganlar:

Yilning eng yaxshi askiyachisi – Mamasidiq Alixonov;

Yilning eng yaxshi sirk artisti – Yunus Boboqulov;

Yilning eng yaxshi qo‘g‘irchoq spektakli – «Cho‘pon afsonasi» spektakli (Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri);

Yilning eng yaxshi badiiy filmi – «O‘zbek qizi»;

Yilning eng yaxshi spektakli – «Layli va Majnun»;

Yilning eng yaxshi teatr rejissori – Doston Xaqberdiyev;

Yilning eng yaxshi teatr aktyori – Azizbek Nazarimbetov; Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi – Shoxsanam Obloqulova.

Tasviriy va amaliy sanʼat

“Tasviriy va amaliy sanʼat” yo‘nalishida “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofotini qo‘lga kiritganlar:

Yilning eng yaxshi aholiga xizmat qilgan kutubxonasi – Surxondaryo viloyati Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi (Xusan Islomqulov);

Yilning eng yaxshi milliy madaniyat markazi – O‘zbekiston qozoq milliy madaniyat markazi;

Yilning eng yaxshi adibi (shoiri) – Iqbol Mirzo;

Yil kashfiyoti – Zohidjon Jumanazarov.

Estrada va anʼanaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs sanʼati

“Estrada va anʼanaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs sanʼati” yo‘nalishida “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofotini qo‘lga kiritganlar:

Yilning eng yaxshi anʼanaviy ayol xonandasi – Mohichehra Jumanova;

Yilning eng yaxshi anʼanaviy erkak xonandasi – Eldorbek Maxsudov;

Yilning eng yaxshi simfonik orkestri – Milliy simfonik orkestri (Alibek Abdurahmonov);

Yilning eng yaxshi raqqosasi – Moxina Ergasheva;

Yilning eng yaxshi opera ijrochisi – Aminzoda Jumaniyozov;

Yilning eng yosh baxshisi – Azamat Elmuratov;

Yilning eng yaxshi estrada ayol xonandasi – Afruza;

Yilning eng yaxshi estrada erkak xonandasi – Janob Rasul.