Maqom va baxshichilik san’ati

Maqom haqida

Maqom san’ati ko`pchilik Sharq xalqlari musiqa merosida mavjud bo`lib, milliy musiqaning asosini tashkil etadi. Maqomlar ma’lum tartibda yaratilgan turkumli musiqiy majmua bo`lib, bastakorlik ijodiyotining o`ziga xos sayqal berilgan turidir. Maqomlar keng ma’noda xalq musiqasi qomusidir. Chunki ularda, xususan Shashmaqomda o`zbek va tojik xalqlari musiqasiga xos vazn xususiyatlari, sado-ohanglar, doira usullari, she’riyat bilan xalq ashula yo`llarining bog`lanish qoidalariga asoslangan qator jabhalar o`z to`laqonli ifodasini topgan.

Maqom arabcha “joy”, “o`rin”, “makon”, musiqa tushunchasida esa cholg`u asboblarida tovush hosil etiladigan joy, ya’ni aslida parda ma’nosini bildiradi. Maqom muayyan pardadan boshlanadigan lad – tonallikni, hamda ularga mos keladigan kuy va ashulalar majmuasini ham ifodalaydi. “G`iyosul-lug`at” qomusining muallifi G`iyosuddin o`tmish olimlarining mulohazalariga tayanib, maqom iborasini quyidagicha ta’riflaydi: “Maqom – pardai surudro go`yand” – “Maqom deb kuy va ashulalar pardasiga aytiladi”. Bu erda kuy va ashulalar boshlanadigan parda hamda ular harakat etadigan lad tovushqatorlari hisobga olingan albatta.

Baxshichilik – ikki buyuk daryo, Jayxun va Sayxun oralig‘idagi sivilizatsiyalarni yaratish qudratiga ega bo‘lgan ulug‘ ajdodlarimizdan meros.

Baxshichilik

Xalqimizning milliy o‘zligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, anʼana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan baxshichilik sanʼati atoqli baxshi-shoirlarimiz, folklorshunos olimlarimizning fidoyi mehnati, ijodiy tafakkuri bilan asrlardan asrlarga o‘tib kelmoqda.

Musiqa namunalari

Cholg‘u asboblarini o‘rganmoqchimisiz?
Quyidagi havola bo‘yicha o‘tishingiz mumkin.